BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLANISHI .

Huquq layoqati – inson tug’ilganidan boshlab vujudga keladi to vafot etgunicha amal qiladi. Endilikda,shunday layoqatga ega bo’lgan bolalarda ham mavjud bo’lgan huquqlar ,davlat tomonidan qonun hujjatlariga asosan muhofaza etilmoqda .
Bola huquqlari – inson huquqlarining bolaga nisbatan ishlatilishi .Bu sohadagi maxsus normalarning ishlab chiqilishi ,bolaning jamiyatdagi alohida holati ,ularning oiladagi o’rni , Yoshi bilan bog’liq maxsus huquqlarning hamma davlat qonunchiligida belgilanmaganligi voyaga yetganlar huquqlarining barchasidan kelib chiqadi . Bolaning jamiyatdagi o’rni juda muhim sanaladi . Chunki , nafaqat voyaga yetmagan o’n uch ,o’n to’rt yoshga to’lgan bola hatto, mustaqil fikrga ega insonning ham jamiyatda o’ringa ega emasligi , sodir bo’layotgan voqea harakatlardan xabardor bo’lmasligi og’ir holat sifatida qaraladi .
Bolaning jamiyatdagi holati ta’lim olishi , bo’sh vaqtlarini esa foydali mashg’ulotlar bilan o’tkazishida namoyon bo’ladi .
Bolaning oiladagi o’rni juda muhimdir . Oila jamiyatning bir bo’g’ini hisoblansa , undagi jamiyat a’zolari bo’lgan farzandlar tarbiyasi , xulq –atvori ijobiy ko’rinish kasb etsa , yuqorida bayon etganimiz kabi jamiyatdagi holati ham ijobiy baholanadi . Agar aksincha bo’lsa , huquq normalarini tegishli tartibda qo’llash holatiga olib keladi . Aynan shu o’rinda eng muhim jihat – oila muhiti va ota –ona tarbiyasidir .
Ushbu qoidalardan kelib chiqib , bir so’z bilan aytganda har bir bola oilada kamol topish , tarbiyalanish huquqiga ega ekanligini belgilash bilan birga qonun chiqaruvchi qachonki bunday huquq bola uchun uning tarbiyalanishi , kamol topishi , ertangi yurt ravnaqiga o’z foydasi tegadigan farzand bo’lib yetishishida, uning manfaatlariga zid keladigan oilaviy muhitda bunday huquqlarini amalga oshirishiga yo’l qo’yilmasligini ham belgilab qo’yilgandir .
Ota –ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning huquqlarini himoya qiluvchi organ vasiylik va homiylik organi hisoblanadi . Vasiylik va homiylik organi faoliyati to’g’risida qonun hujjati qabul qilingan bo’lib , ushbu qonunga ko’ra , vasilik – o’n to’rt yoshga to’lmagan yetim bolalarni va ota –onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni , shuningdek , sud tomonidan muomilaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot , tarbiya va ta’lim berish ,ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli sifatida belgilanadi .
Homiylik – o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan yetim bolalarni va ota –onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni ,shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot ,ta’lim va tarbiya berish , ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli hisoblanishi belgilab qo’yilgandir .
Davlatimizning umuman barcha fuqarolarga bo’lgan e’tibori va ga’mxo’rligi shu bilan birga ularning ertangi taqdiriga befarq emasligi xususan voyaga yrtmaganlar huquqlarini himoya qilinishi va tegishli organlarni ular uchun mas’ul qilib tayinlashi bilan birga , ushbu organlarning bolalar huquqlarini himoya qilishdagi , ularning tarbiya va sifatli ta’lim olishlaridagi , ijtimoiy himoya masalalarini hal etishdagi vazifalarini amalga oshirishlari bo’yicha ham ular ustidan nazoratni yo’lga qo’yganligi barcha fuqarolari manfaatlari uchun birdek mas’ul ekanligining yorqin isboti deya olamiz . Davlat o’zining har bir fuqarosi uchun ularning kelajagi , jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishi uchun munosib sharoit va keng imkoniyatlar yaratadi .
Bola tarbiyasi – har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi . Yosh avlodning , umuman , jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug’ullanmagan mamalakat turg’unlik va inqirozga mahkumdir . Negaki, o’sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to’xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim . Yosh avlodda moddiy va ma’naviy qobliyatlarni shakllantira bilish uchun esa jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko’rsatadigan tarbiyaviy intizomlar tizimiga ega bo’lishi lozimdir .
Bola har doim ham o’z ota –onasi yaqinlari bilan birga bo’lish imkoniyatiga ega bo’lmasligi mumkin . ota-onaning ma’lum bir muddat yashash joyida bo’lmaganligi va ularning farzandlar oldidagi mas’uliyatarini amalga oshirish imkoniyatlarining ham ma’lum bir muddatga cheklanishini inobatga olgan holda davlat tegishli ravishda ushbu vazifani amalga oshirishni vasiylik va homiylik organi zimmasiga yuklaydi .
“Vasiylik va homiylik to’g’risida” gi qonunga ko’ra , ota –ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan , chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida yozma arizasiga muvofiq o’z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlashi mumkin .shuningdek , ota –ona uch oydan ortiq bo’lmagan muddatga yashash joyidan , shu jumladan chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o’z bolasini qarindoshlarinining yoki boshqa yaqin kishilarning vasiyligida yoki homiyligida qoldirishi shart . Bunday holatda vasiylik va homiylik bolaning manfaatlari uchun zarur bo’lsa belgilanadi .
Ota –ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan , shu jumadan chet davlatga vaqtincha chiqib ketishidan kamida bir oy oldin o’z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash to’g’risida arizani o’zi vaqtincha yoki doimiy yashayotgan hududning vasiylik va homiylik organiga berishi kerak .
Xulosa o’rnida aytganda , davlatimiz tomonidan nafaqat voyaga yetgan fuqarolarning balki bolalarning ham huquqlari tegishli qonun hujjatlariga asosan muhofaza etilishi ta’minlanadi . Yuqorida qonunlarimizdagi bola huquqlarining himoya qilinishiga doir ma’lum bir vazifalarini yoritib o’tdik .Aslida ushbu huquqlarning himoya qilinishi qonuniy manfaatlar va erkinliklarning ta’minlanishining ko’lami juda kengdir. Bundan ko’rinadiki , bolalarning o’zi davlatimiz e’tibori markazida va ularning huquqlari esa qonunlar himoyasidadir .
Шаҳар судининг судьяси О.Исмоилов

Тафсия қилинганлар