Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida jamoatchilik nazorati
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida «ko‘prik» vazifasini bajaruvchi jamoatchilik nazoratining rivojlanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Korrupsiyaga qarshi qaratilgan jamoatchilik nazoratining yangi institutsiyaviy tuzilmalarni rivojlantirish hamda tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarini yaratish demokratik davlatlar uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidladilar, «Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan ko‘ra samarali vosita yo‘q.
Haqiqatan ham, xalqimiz qonun buzilishiga qarshi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar qanchalik urinmasin, qonun ustuvorligini ta’minlash qiyin bo‘ladi».
Korrupsiyaga qarshi kurashishda ixtisoslashgan xalqaro
«Transperancy International» nodavlat tashkiloti muntazam ravishda 105 ta transmilliy kompaniyalarning korrupsiyaga qarshi kurashish choratadbirlari hisobdorligining shaffofligi borasida tadqiqotlarni e’lon qilib boradi, ushbu kompaniyalarning birja savdolaridagi narxi 11 trillion AQSH dollarini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, OAVda chiqayotgan materiallarning doimiy monitoringi olib borilishi yo‘lga qo‘yilib, 2019 yilning dastlabki 9 oyida bosma va elektron ommaviy axborot vositalari tomonidan 904 ta prokuratura organlari aralashuvi talab qilinadigan holatlar aniqlangan. Mazkur davrda prokuratura organlari tomonidan 90 240 ta qonunchilik targ‘iboti bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 76 673 tasi ma’ruza, suhbatlarni tashkil qilsa, 13 567 tasini ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar tashkil etgan.
Mamlakatimizda o‘tgan davr mobaynida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishi fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ijtimoiylashuvini hamda korrupsiya qarshi kurashish va uni oldini olishdagi ishtirokining yangi bosqichini boshlab berdi.
Davlat organlarining faoliyatida “ochiqlik” va “shaffoflik” tamoyillarini ta’minlash, davlat xizmatchilarga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi.
Jamoatchilik nazoratini takomillashtirish borasidagi islohotlarning izchil davomi sifatida, aholining davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, fuqarolar, jamiyat va davlatning o‘zaro yaqin hamkorligini o‘rnatish, shuningdek jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Jamoatchilik palatasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillash- tirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6013-son Farmonida birinchi marotaba korrupsiya holatlarining sabab va shartsharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratish ishlarga fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillarini ham keng jalb etish zarurligi asoslantirildi.
Farmonga asosan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish etib belgilandi.
2020 yilning 30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligidagi «Odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vazifalar muhokamasi»ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida – korrupsiyaning oldini olishda ta’sirchan jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek, Agentlikning keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birga aholi va tadbirkorlarning korrupsiyaga munosabatini o‘rganib borishi va davlat idoralari faoliyatini baholab borishi kerakligi alohida e’tibor qaratilgani ahamiyatlilir.
Shunga asosan endilikda yangi tashkil etilgan Agentlik fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda turli sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi Korrupsiyani qabul qilish milliy indeksini tuzish amaliyotini yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.
Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining muvoffaqiyati asosini jamoatchilik nazorati tashkil etadi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning korrupsiya qarshi kurashish natijalariga xolis va malakali baho berilmasa ushbu faoliyatning samarali bo‘lishi shubha ostida qoladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratish, shu bilan birga ushbu ishlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillarini ham keng jalb etishni talab qiladi.
O‘zbekiston yuridik ensiklopediyada jamoatchilik nazorati – bu davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda nodavlat tashkilotlar faoliyati ustidan fuqarolar, ularning birlashmalari va o‘zini o‘zi boshqarish, fuqarolik jamiyatining boshqa tuzilmalari (institutlari), shuningdek davlat va nodavlat organlari tarkibida tuzilgan jamoatchilik organlari tomonidan qonun doirasida olib boriladigan nazorat, deb ta’rif berilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazoratining ahamiyatiga to‘xtalar ekan, xalqaro ekspert R.Hollovey e’tirof etishicha, «har qanday korrupsiyaviy holatlarda voqelikning asl mohiyati ko‘pincha yashirin va maxfiy bo‘ladi. Shuning uchun kimdir «eshikni ochishga urinib ko‘rishi, derazadan qarashi», qasddan yashirilgan va berkitilgan mohiyatni tushunishi uchun ishlashi kerak va mazkur shaxs yoki tashkilot monitoningni amalga oshiradi».
Fuqarolik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish harakati 1990 yillarning boshlarida xalqaro korrupsiyaga qarshi nohukumat Transparency International koalitsiyasining tashkil etilishi bilan boshlanib, hozirgi kunda u YEXHTning ko‘plab ishtirokchi-davlatlarida va dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida milliy filiallarni qo‘llabquvvatlamoqda2. Bugungi kunda ixtisoslashtirilgan nodavlat korrupsiyaga qarshi tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashning turli sohalarida ishlamoqda; ular tobora ko‘proq yig‘ilib, fuqarolik jamiyati bilan inson huquqlari va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda yaqin hamkorlik qilmoqdalar.
Halqaro doirada fuqarolik jamiyatining turli xil ta’riflari mavjud, jumladan keng ma’noda, bu nodavlat subyektlarning umumiy manfaatlarga ega birlashmasi sifatida tushuniladi. Jahon bankining ta’rifiga ko‘ra, «fuqarolik jamiyati atamasi jamiyat hayotida qatnashadigan, o‘z a’zolari yoki boshqalarning manfaatlar va qadriyatlarini ifoda etuvchi, axloqiy, madaniy, siyosiy, ilmiy, diniy yoki xayriya sohalarda faoliyat yurituvchi keng nodavlat va notijorat tashkilotlarini anglatadi». Shu munosabat bilan «Transparency International» tomonidan keng qo‘llaniladigan ta’rif, fuqarolik jamiyati keng miqyosdagi tashkilotlar – jamoat guruhlari, nodavlat tashkilotlari (NNT), kasaba uyushmalari, mahalliy guruhlar, xayriya tashkilotlari, diniy tashkilotlar, professional assotsiatsiya fondlariga taalluqligini anglatadi.
Fuqarolik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali ishtiroki faqat asosiy huquqlar, xususan: so‘z erkinligi kafolatlangan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Ushbu huquqlar bir qator xalqaro hujjatlar, jumladan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa Konvensiyasi (1950 y.), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha konferensiyaning inson o‘lchovi bo‘yicha Kopengagen majlisi hujjati (13 iqtibos) (1990) va Yevropa Ittifoqining asosiy huquqlari Xartiyasi (2000 yil) bilan mustahkamlangan va himoya qilinadi.
O‘zbekiston 2008 yilda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga, 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istambul harakatlar rejasiga qo‘shildi. Monitoring natijalari bo‘yicha O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan islohotlarga ijobiy baho berilmoqda, 2019 yilgacha O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar monitoring guruhlari tomonidan 4 marotaba o‘rganilgan. Har bosqichning yakunlari bo‘yicha IHRT hisobot taqdimotlari o‘tkaziladi.
Судья ёрдамчиси Р.Жўрабекова