O‘zbekiston iqsodiyotida Gaz ning o‘rni.
O‘zbekistonda axoliga gaz yetkazib berilmagani uchun xalq o‘z uyini elektr bilan isitadi.
Natijada elektr ham yetishmaydi.
Gaz va elektrning kamligi O‘zbekiston iqsodiyotini o‘sishiga juda katta salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
Masalan gaz yo‘qligi yangi ishlab chiqarish zavodlarini tashkillashga to‘siq bo‘lmoqda.
Mavjud zavodlarda esa gaz va elektrni kamligi ishlab chiqarishni kamaytirishga sabab bo‘lmoqda.
Oxir oqibatda Xalqning daromati kamayib turmush darajasi pasaymoqda.
– Uzbekiston GTL Gazni qayta ishlab sintetik yoqilg‘i olish zavodi gaz yo‘qligi uchun 50% quvvatda ishlashga majbur.
– O‘zbekistondagi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi azot zavodlari ham to‘liq quvvada ishlay olmayabdi.
– O‘zbekistondagi sement, shifr, oxak zavodlari ham to‘liq quvvatda ishlashiga gaz yo‘qligi sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagi zavodlar ishchi sonini yoki oyliklarni qisqartirishga majbur bo‘lmoqda.

Bir odamni viloyatda qishki kiyim tikadigan sexi bor. Viloyatlarda chiroqni o‘chishi yoki uning quvvatini 220 v dan past kelishi Tadbirkorlarni kamroq maxsulot ishlab chiqarishiga, tikuv mashinalarini tez ishdan chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Gazni metan zavpravkalarda yo‘qligi taksi, avtobus narxlarini oshishiga axolini esa ishga borish uchun ko‘proq vaqt va pul sarflashiga sabab bo‘lmoqda.
Maxsulot ishlab chiqaruvchilar esa bozorlarga, magazinlarga yetkazishda gaz yo‘qligi uchun ko‘proq xarajat qilmoqda.
Qurilishda ham shunday muamo. Yuk mashinalarini aksari gazda yurgani uchun qurilish mollarini olib kelish qimmatga tushmoqda.
Barcha narx oshishlari esa oxirgi iste’molchi Xalq bo‘yniga narx oshish yo‘li bilan qo‘yilmoqda.
Bechora shafyorlar o‘z oilasi bag‘rida, ishdan so‘ng bolalari bilan dam olish o‘rniga zapravkalarda metan kutib ko‘chada yotishmoqda.
O‘zbekistonda yangi sement, shifr, oxak zavodlari, kafel zavodlari ochish uchun xom ashyo bor.
O‘zbekistonda juda katta xududlarda teplitsa qurib dunyoda oziq ovqat yetishtirish bo‘yicha yetakchi davlatga aylanishimiz mumkun ammo GAZ YO‘Q!
Yuqorida gaz va elektrni yo‘qligi
O‘zbekistondagi gaz elektr muamosi Vatanimiz iqsodiyotiga milliard milliard zarar keltirmoqda. Yalpi ichki maxsulot ishlab chiqarish xajmini bir necha foizga oshishiga to‘siq bo‘lmoqda.

Nega O‘zbekistonda gaz va elektr yo‘q?
Energetika vazirligi O‘zbekistondagi eng katta poraxo‘rlik sxemasi egasiga aylangan.
Energetika vazirligi gazni o‘zi qazib chiqaradi, o‘zi uni trasportirovka qiladi, o‘zi undan elektr ishlab chiqadi.

Ko‘rib turganizdek poraxo‘rlik uchun ideal sxema.

Qancha gaz qazib chiqarganizi ham qancha yo‘lda yo‘q bo‘lgani ham qanchasini issiqlik elektr stansiyasida yoqib yuborganiz ham o‘ziningizni nazoratingizda.

Energetika vazirligi bironta gaz konini ochgani yoki O‘zbekiston gaz tizimini yangilagani yo‘q.
Buni o‘rniga energetika vazirligi poraxo‘rlik bilan shug‘ilangan.
O‘zbekistonga bir necha Yevropa va Rossiya kompaniyalari gaz va neft qidirish taklifi bilan kelgan. Ammo Energetika vazirligi bu loyixalar ichida Xalq uchun eng manfaatli loyixalarni tanlash o‘rniga eng ko‘p pora, moddiy manfaat bo‘lgan loyixalarni tanlagan.
Energetika vazirligida shunday odat borki eshikdan kirgan odamni loyixasiga emas konverta beradigan porasiga qarashadi.
Energetika vazirligining barcha bo‘limlarida katta katta poraxo‘rlar o‘tirib olishgan.
O‘zbekistonda eshitganmisiz bironta vazirlikdagi odamni poraxo‘rlik uchun xibisga olinganini?
Energetika vaziri ham shunday.
Energetika vazirligida ishlaydigan xodimlarni Dubayda ko‘chmas mulklari bor. U yerdagi komunal to‘lovlar Vazirlikdagilarni oyliklaridan ham ko‘p.
Nima Vazirliklarda bizda xech kim pora olmaydimi? Farishtami?
Albatda yo‘q! Porani eng kattasini vazirlikdagilar oladi. Ayniqsa Energetika vazirligi.

⚡️O‘zbekiston Energetika vazirligining katta poraxo‘rliklari to‘g‘risida bir necha faktlar!

Lukoil kompaniyasi O‘zbekistonga bir necha yaxshi loyixalan taklifi bilan chiqdi. Ular O‘zbekistondagi katta gaz konlari to‘g‘risida xamkorlikni taklif qilishdi.
Energetika vazirligi esa loyixani emas o‘zining Shvetsariyadagi bank xisobini to‘ldirishni so‘rab Lukoilni loyixalarini rad etdi.
Oxiri Lukoyl O‘zbekiston Energetika vazirligiga katta pora taklif qilib Qandim gaz konlarini qo‘lga kiritdi.
Loyixa bo‘yicha gazning 90% Lukoilga 10% O‘zbekistonga berildi.
Energetika vazirligi 35 yilga O‘zbekiston manfaatiga zid bo‘lgan qarorni imzoladi.
Qandim gaz konlari shartnomasi O‘zbekistonga juda katta moliyaviy zarar keltirdi. Lekin xech kim jazolanmadi.

⚡️ Qazog‘izston prezidenti Nursulton Nazarboyev yaqinlari o‘z neftini O‘zbekistonda qayta ishlash bo‘yicha katta loyixa bilan Energetika vazirligiga keldi.
Qazog‘izston neftini qayta ishlab sotilishi O‘zbekistonga juda katta iqtisodiy naf yangi ish o‘rinlarini berardi.
Ammo energetika vaziri Qazoqlar qo‘liga shvetsariyadagi xisob raqamini tutkazdi. Natijada qozoqlar qo‘l siltab Qirg‘izistonga ketishdi.
⚡️Energetika vazirligi axoliga gaz berish o‘rniga xalqni elektr bilan uyini isitishga majbur qilmoqda.
Bu ham o‘g‘irlik bo‘yicha katta sxema.
O‘zbekistonda yo‘q, qazib, olinmagan gaz, o‘g‘irlangan gaz issiqlik elektr stansiyasiga xaydaladi. Natijada elektr ishlab chiqarildi deb “spisat” qilinadi.
Qarang issiqlik elektr stansiyasining ishlab chiqarish samaradorligi 60% eng yangi zamonaviysida. Eskilarida esa 35-40% chiqsa katta yutuq.
Energetika vazirligi o‘zi o‘g‘irlagan gazni Issiqlik elektr stansiyasiga yuboradi. Albatda yo‘q gaz elektr bermaydi.
Shu sabab O‘zbekiston issiqlik stansiyalari ulkan zararda chiqdi.
Gaz qayerga o‘g‘irlanadi?
1. Metan zapravkalar
2. Teplitsalar
3. Oxak sexlari
4. Tojikiston eksporti
Hamma pullar naxtlashtirilib Energetika vazirligiga chemadonda yuboriladi.
Axoli gazsiz o‘tiribdi? Bolalaring sovqotyabdi? Energetika vaziriga poxxuy, Shvetsariyaga ko‘chib ketadi. Hammasi dubayda yashaydi.
Kuni kecha Issiqlik elektr stansiyalarini to‘xtab qolishiga Uzbekiston GTL zavodini ishga tushishi bo‘ldi! Chunki u yerda xorijliklar ishlaydi. Gazni to‘liq quvvatda olishgan edi Energetika vazirligining yolg‘on gazi oshkor bo‘lib qoldi. Ya’ni gaz yo‘q hammasi qog‘ozda..
⚡️O‘zbekiston gazi qanday o‘g‘irlanmoqda?
Jizzaxliklarning Sintek kompaniyasi Energetika vazirligiga tegishli yana bir sxema. Ular katta katta gaz konlarini egalab olishgan.
Kim ularni eksportini nazorat qiladi?

Masalan Sintek O‘zbekiston gazini Tojikistonga 10 ming kub sotdi. Rasman kompaniya xisob raqamiga Tojikiston to‘ladi.
Lekin Sintek 20 ming kub gazni Tojikistonga yuborgan. 10 ming kubini rasman sotgan, 10 ming kubini arzon narxda Tojiklar bilan til biriktirib yarim narxiga naqt pulga sotgan. Gaz esa o‘g‘irlangan gaz.
Kim nazorat qiladi, albatda O‘zbekiston Energetika vazirligi.

⚡️O‘zbekistondagi gaz va elektr yetishmasligi juda koʻplab muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Bu masalani yechimi bor. Rossiya O‘zbekiston Qazog‘izston gaz uch itfoqini taklif qildi.
Rossiya O‘zbekistonga arzon gaz bermoqchi. Yuqoridagi misollar bilan tushuntirganimdek arzon gaz O‘zbekistonni oziq ovqat yetishtirish mamlakatiga aylantiradi. Ishlab chiqarish xajmini oshiradi.

⚡️Rossiya gazi Qazog‘izston orqali O‘zbekistonga tranzit qilinishi uchun Qazog‘izston kerak.
Rossiya gazini O‘zbekiston orqali Xitoyga sotmoqchi emas. Rossiyani Xitoy bilan bog‘lovchi ishlab turgan bir necha yirik quvirlar tizimi bor.
Bu gaz O‘zbekiston uchun edi.
⚡️Qandim Gaz koni xozir gaz qazib chiqarish xajmini qisqartirgan. Lukoil Xitoyga O‘zbekistondan eksportini to‘xtatgan.
O‘zbekiston energetika vazirligi Lukoil bilan muzokaralar olib borib Kandim gaz konlaridagi gazni O‘zbekiston gaz tizimiga bursa metanlardagi navbatlar tugardi, gaz quviri bor joyga gaz kelar edi.

Ammo bunday kelishuvga energetika vaziriga xech kim pora bermaydi.
Metan zapravkalarni navbatsiz erkin ishlashi ham energetika vazirligiga kerak emas. Agar metan bemalol bo‘lib qolsa kim 500 ming dollar pora berib metan zaravka ochadi?
⚡️O‘zbekiston gaz muamosini xal etishni 2 ta asosiy yo‘li bor.
1. Rossiyadan gaz quvirini tortish. Lekin Qazog‘izston AQSH ning buyurug‘i bilan qarshilik ko‘rsatmoqda.
Rossiya – Kaspiy- Turkmaniston – O‘zbekiston gaz quvirini tortish ham Qazog‘izstonning roziligisiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Umid yana Rossiyadan. U Qazog‘izstonni AQSH ta’siridan chiqarib O‘zbekistonga gaz quviri tortishga ruxsat olishi kerak.
2. O‘zbekiston Rossiyaning Qandim gaz konlaridan gaz sotib olishi kerak. Xozircha bu masalaning tez va oson yechimi. Gazni katta skidka bilan olsa bo‘ladi.

⚡️Shu o‘rinda Moliya vazirligi to‘g‘risida ham informatsiya bor!
Moliya vazirligi xodimlari ham Dubaydan katta katta ko‘chmas mulklar sotib olishgan.
Moliya vazirligi xodimlari byudjetdan ajiratiladigan xar bir tiyinga pora olishadi.
Moliya vazirligida stavka 10 ga 1!
Masalan oddiygina faqat misol uchun Buxoro viloyati xokimiga markaziy byudjetdan pul kerak.
U o‘zining moliya boshlig‘i qo‘liga chemadanda pul beradi. U moliya vazirligiga Toshkentga borib pulni beradi.
10 million so‘m olish uchun 1 million pora beriladi!
⚡️Albatda hokim ham Buxoro uchun emas o‘zini jig‘ildoni uchun pul ishlatadi.
Byudjetdan olgan puliga shahar markazida lyuks uylar va binolar quradi. Byudjetdan olingan pul quruvchi xisobiga tashaladi. Quruvchi qurilishdan o‘g‘irlab hokimga beradi.
Bu yil yaqinda 2023 yilga byudjet qabul qilinishi kutilmoqda.
Byudjetda xarajatlar qismi daromat qismidan 4% ga ko‘p. Ya’ni byudjet taqsilchiligi 4%.
Moliya vazirligi xarajatlarni kamaytirish, optimallashtirish o‘rniga soliqlardan oshirgan xolatda chiqarmoqchi boʻlyapti.
O‘zbekistond koʻplab vazirliklar, qarindosh urug‘larga asosida tashkil etilgan.
Xotima o‘rnida. Nega O‘zbekistonda hokimdan yuqori bo‘lgan ayrim lavozimdagi amaldorlar poraxo‘rlik uchun qamalmaydi?
Nega energetika va moliya vazirligidan xech kim qamalmaydi?
O‘zbekiston iqsodiy o‘sishi, axoli tinchligi, gaz va elektr borligi xukumat uchun muximmi? Yoki AQSH uchun ko‘z yumib 2-3 ta o‘g‘ri vazirning boyib Dubaydagi tinch xayoti muximmi?
O‘zbekiston iqtisodiy taraqiyotini, Xalqning farovon xayotini shunday vazirliklar va vazirlarni ishiga ko‘z yumayotganlar badnom qilmoqda.

@antikorruz

Тафсия қилинганлар