So‘nggi yillarda nafaqat mamlakatimizda balki butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yetarli tajriba shakllangan. Bu boradagi barcha rivojlangan davlatlarning amaliyoti e’tiborga molik.

Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi muvaffaqiyatlar, avvalambor, muayyan davlatda mazkur sohada faoliyat olib boruvchi tegishli institutlarning tashkil etilganligi, faoliyati samarali olib borilganligiga bog‘liq.

Shuningdek, bu boradagi faoliyat samarasi ko‘p jihatdan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi normativ-huquqiy baza shakllantirilganligiga bog‘liq.

Korrupsiyaga qarshi “Istanbul harakat rejasi” doirasida O‘zbekistonga monitoring to‘rtinchi turi davomida berilgan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo uchun IHTT korrupsiyaga qarshi tarmog‘i 4-tavsiyasiga muvofiq, muvofiqlashtirish va korrupsiyaga qarshi siyosat monitoring uchun mas’ul organlar samarali va mustaqil faoliyati uchun zarur inson va moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi islohotlarning samaradorligini tahlil qilish bilan bir qatorda, aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar korrupsiyaga qarshi kurashda ishtirok etmaguncha, butun jamiyatimiz, majoziy ma’noda aytganda, “halollik vaksinasi” bilan emlanmaguncha, biz o‘z maqsadlarimizga erisha olmaymiz3, deb ta’kidlab o‘tgan. Murojaatnomada, shuningdek korrupsiya oqibatlarini bartaraf etishdan uni erta oldini olishga harakat qilishimiz kerakligi, vaqtning o‘zi bu vazifalarni tizimli amalga oshirishni tashkil etish maqsadida parlament va Prezident oldida hisobdor korrupsiyaga qarshi alohida organ tuzishni taqozo qilayotganligi qayd etilgan.

“Bugungi kunda islohotlarimiz samarasi ko‘p jihatdan to‘rtta muhim omilga – ya’ni qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish, institutsional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlarni shakllantirishga bog‘liq”

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga mas’ul bo‘lgan organlar tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2018 yilda jami 1299 ta (2019 yilda 994) jinoyat ishi bo‘yicha 1907 (1339) nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Mazkur jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 559 mlrd. 174 mln. so‘m (1 trln. 853 mlrd. 875 mln.) miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Tergov jarayonida bu zararning 524 mlrd. 506 mln. so‘mi (1 trln. 746 mlrd. 268 mln.) yoki 93,8 (94,1) foizi undirilgan.

Yoki, 2020 yilning 3 oyi davomida respublika bo‘yicha jami 87 ta jinoyat ishi bo‘yicha 115 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 51,3 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 18,3 mlrd. so‘mi undirilgan.

Shu o‘rinda, davlat rahbari tomonidan korrupsiya oqibatida yetkazilgan zararni kamaytirishda raqamli iqtisodiyotga o‘tish naqadar muhimligi haqida to‘xtalib, jumladan “Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o‘stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi”, deb ta’kidlaganligini qayd etish joiz.

“Ayni paytda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan ko‘ra hali qilinadigan ishlar ko‘p. 2017–2019 yillar davomida 6127 nafar mansabdor shaxsning jinoiy javobgarlik masalasi hal qilinganligi ham korrupsiyaga qarshi kurashish ahvoli bugungi kun talabiga javob bermasligini ko‘rsatmoqda”.

2019 yilda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etganlarning 86,6 foizi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgan. Demak, jamoatchilik korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlariga ko‘maklashishga tayyor.

Binobarin, prokuratura organlari uchun Murojaatnomadan kelib chiqadigan ustuvor vazifalardan biri ham – bu so‘zsiz, korrupsiya illatiga qarshi kurash samaradorligini oshirishdir.

Yuqorida qayd etilganidek, keyingi uch yil davomida davlatimiz rahbarining tashabbus va g‘oyalari, amaliy sa’y-harakatlari natijasida bu illatni tag-tomiri bilan yo‘q qilish borasida katta qadam qo‘yildi. Biroq, tan olish kerakki, shuncha sharoit va imkoniyatlarga qaramasdan, jamiyatning bu balodan tamomila xalos bo‘lishiga erishilmayapti.

Ayniqsa, ba’zi soha va tarmoqlarda korrupsiyaga qarshi qo‘llanayotgan va shu tizimlarning yuqori idoralari tomonidan belgilangan choratadbirlar kutilgan natijani bermayapti.

Bosh prokuratura tomonidan yaqinda sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim tizimlaridagi, shuningdek yerdan foydalanishdagi korrupsiya holatlari tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlardan xabaringiz bo‘lsa kerak.

Shu tajribani inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida ham korrupsiyaga qarshi kurashuvchi alohida mustaqil organni tashkil etish yuzasidan Prezident tomonidan 2020 yil 24 yanvar kunidagi parlamentga Murojaatnomada alohida to‘xtalib o‘tgan.

Xususan, Murojaatnomada korrupsiyaga qarshi islohotlarning samaradorligini tahlil qilish bilan bir qatorda, aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar korrupsiyaga qarshi kurashda ishtirok etmaguncha, butun jamiyatimiz, majoziy ma’noda aytganda, “halollik vaksinasi” bilan emlanmaguncha, biz o‘z maqsadlarimizga erisha olmaymiz. Korrupsiya oqibatlarini bartaraf etishdan uni erta oldini olishga harakat qilishimiz kerak. Vaqtning o‘zi bu vazifalarni tizimli amalga oshirishni tashkil etish maqsadida parlament va Prezident oldida hisobdor korrupsiyaga qarshi alohida organ tuzishni taklif etadi. “Bugungi kunda islohotlarimiz samarasi ko‘p jihatdan to‘rtta muhim omilga – ya’ni qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish, institutsional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlarni shakllantirishga bog‘liq”.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11.02.2020 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda ushbu masalaga yana bir bor e’tibor qaratib, mutasaddilarga xorijiy tajriba asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilmani tashkil etishga doir hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan bergan topshiriqlarida mazkur tuzilma nafaqat bu borada davlat siyosatini amalga oshirishi va muvofiqlashtirishi, balki korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha kuch va vositalarga ega bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tgan.

Ushbu masalaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2020 yil 11 may kuni bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori ham e’tibor qaratib, yangi agentlikka tezkor qidiruv, tekshiruv va tergov vazifalarini yuklatish masalasi ko‘rilayotganligini, shuningdek tergov vakolatlari berilgan Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati organlarining tergov va tezkor qidiruv faoliyat vakolatlarini bu organga olib berishdan xoli holda, yangi agentlikka ham shu huquqlar berilishini, faqat ularning jinoyat subyektlarini belgilashda aniq chegara qo‘yilishini, agentlik zimmasiga mansabdor shaxslarning qonun hujjatlariga zid harakatlari, davlat haridlari, budjet mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha jarayonni nazorat qilish, deklaratsiya tizimini joriy etish ishlari ham yuklatilishini ta’kidlab o‘tgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish institutsional tizimini takomillashtirish masalasi hozirgi kundagi dolzarbligini belgilaydi.

Шаҳар судининг судьяси О.Исмоилов

 

Тафсия қилинганлар