2023 yilning 27-29 noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi № PQ-4962 qarorining 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi tomonidan F.Yusupov boshchiligida professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining xorijiy davlatlarda ishlash imkonini yaratish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida taxlil ishlari o’tkazildi. Nukus va Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari, Nukus transport texnikumi qoshidagi Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazidagi mavjud shart-sharoitlar atroflicha o’rganib chiqildi. Texnikumlarning joylashuvi, quvvati, o’quvchilar kontingenti, moddiy texnika bazasi o’rganildi.
Jamoat salomatligi texnikumlarida Germaniyaning “OPASCO” tashkiloti bilan hamkorlikda “Qariyalar parvarishida hamshiralik ishi” qisqa muddatli o’quv kursi hamda o’quvchilarni nemis tiliga o’qitish bo’yicha o’quv kurslari 2022-2023 o’quv yilidan tashkil qilingan bo’lib, o’quv jarayonlari samarali yo’lga qo’yilgan. Mazkur kursni tashkil etishdan asosiy maqsad xalqaro miqyosda hamshiralik ishlari bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish istagi bo‘lgan shaxslar va mehnat bozori talablariga mos keladigan o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash, o‘qitish natijalarini baholash, zamonaviy ishlab chiqarish tajribalarni joriy etishning samarali mexanizmini yaratishdir. Qariyalarga hamshiralik parvarishi oxirgi vaqtlarda juda dolzarb mavzu bo‘lib, ko‘pgina davlatlarning genofondida o‘zgarishlar vujudga kelgan. Xayot sifatini ortishi, tinchligi va osoyishtaligi, yuqori texnologiyalarning rivojlanishi oqibatida dunyo bo‘yicha yoshi ulug‘ insonlar soni ortib bormoqda. Bu esa tibbiyot xodimlarining bu soxaga jalb qilinishini talab qiladi. Og‘ir bemorlar va keksa yoshdagi insonlar bilan maxsus o‘qitilgan tibbiyot xodimlari ishlashi maqsadga muvofiqdir. Qariyalarga hamshiralik parvarishi bo‘yicha o‘quv kursi yoshlarga Germaniya, Shvetsariya, Bolgariya, Isroil, Birlashgan Arab amirliklarida ishlash imkoniyatini beradi. Ta’lim muassasalarida o’quvchilarga tushuntirish ishlari o‘tkazilib, xorijiy davlatlarga chiqib, o’z mutaxassisligi bo’yicha ish faoliyatini olib borish istagi bo‘lgan o‘quvchilar aniqlanib, tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Texnikumlarda ushbu o’quv kurslari uchun maxsus o’quv xonalari kosmetik ta’mirlanib, o’quv jihozlari va texnik vositalar bilan ta’minlangan. “Qariyalar parvarishida hamshiralik ishi” qisqa muddatli o’quv kursi hamda nemis tili bo’yicha o’quv kurslari uchun o’quv dasturlari mavjud bo’lib, tegishli adabiyotlar bilan ham ta’minlangan. Mavjud tibbiy asbob-uskunalar hamda model-mulyajlar o’quv jarayonini ko’rgazmali qilib tashkil qilish imkonini beradi. Texnikumlarda pedagog kadrlar salohiyati 40-50 % ni tashkil qiladi. Texnikumlar bazasida xorijiy davlatlarda ishlash istagi bor yoshlar uchun o’quv kurslarini tashkil qilish masalasi viloyat xokimligi, viloyatning oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmasi, TMMA viloyat filiali rahbarlari bilan birgalikda atroflicha o’rganib chiqildi hamda tayyorlash yo’lga qo’yiladigan yo’nalishlar, kadrlarga bo’lgan ehtiyoj belgilab olindi. Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida “Hamshiralik ishi” hamda “Feldsherlik ishi” yo‘nalishlarilari bo‘yicha Germaniya davlati klinikalarida tibbiy faoliyatini olib borish uchun, Nukus transport texnikumi qoshidagi Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazidagi mavjud shart-sharoitlar asosida “Elektromontaj”, “Elektrogaz payvandchi”, “Bo‘yoqchi-bezakchi(qurilish pardozlash ishlari)”, “Santexnika ishlari ustasi” va “Avtomobil haydovchisi” yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash rejalashtirildi. O‘quv kurslari faoliyati 2024 yilning yanvar oyidan ish faoliyatini boshlaydi.
Ushbu loyihaning amaliyotga tadbiq qilinishi ko’pgina yoshlarning ish bilan ta’minlanishiga, ularning turmush sharoitlarining yaxshilanishiga asos bo’la oladi.
ANTIKORRUPSIYA
t.me/antikorruz